Nigerdagi Malidan kelgan qoçqinlar uçun barpo qilingan lagerga noma'lum kimsalarning hujum qilişi oqibatida 22 nafar harbiy xizmatçi halok böldi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Brigi Rafini ma'lum qilgan.

«Biz Tassalitdagi lagerga hujum uyuştirilgani haqida ma'lumot oldik. Ayni damda 22 nafar halok bölganlar haqidagi ma'lumotga egamiz, ammo bu qurbonlar haqidagi yakuniy xulosa emas», — dedi Niger boş vaziri.
Uning qöşimça qilişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin. Heç bir guruh mazkur hujumni öz zimmasiga olmagan.