Sahroyi Kabir içkarisida, Niger şimolida kamida 49 kişi suvsizlikdan halok böldi. Ular ketayotgan yuk maşinasi eng yaqin aholi yaşaş manzili va suv manbayidan önlab kilometr masofada buzilib qolgan.
Uşbu fojia röy bergan hudud rasmiylari ma’lum qilişiça, bu odamlar Malidan Qurbon hayiti bayramini nişonlab qaytayotgan bölgan.
Ular Niger bilan çegaradan 300 kilometr masofadagi Telxandek şahridan yölga çiqişgan, ammo sahroda adaşib qolişgan hamda öz manzili – Niger va Jazoir çegarasi yaqinida joylaşgan Assamaka vodiysidan 80 kilometr masofada qolib ketişgan. Bu nuqtadan önlab kilometr radiusda birorta aholi yaşaş manzili yöq edi.
Haydovçi va yölovçilar yuk maşinasini tuzatişga urinişgan, ammo buning uddasidan çiqa olişmagan.
Faqat ikki kişi omon qolib, Assamakaga yetib kela olgan va voqea haqida mahalliy rasmiylarga xabar berişgan.
«Suvsiz qolgan, maşinani ta’mirlay olmagan odamlar tirik qola olmadi [...] Harakatsiz yuk maşinasi ostida va uning atrofida önlab jonsiz jasadlar topildi», – deyiladi voqea röy bergan Agadez provinsiyasi gubernatori bayonotida.
Qutqaruvçilar marhumlarni umumiy qabrga kömişgan. Ularning barçasi Niger fuqarolari edi.

Foto: Agadez governorate/Facebook
«Biz yillar davomida bu bilan kuraşib kelamiz. Haydovçilar, sayohatçilar va immigratsiya bilan boğliq barçaga çölni kesib ötişda qanday xavflar borligini tuşuntiramiz. Bu heç qanday yangilik emas. Bunday holatlar Liviya yoki Jazoirga ketişda bölib turadi», – degan BBC muxbiriga mahalliy jamoat taşkilotlaridan birining vakili Şexuo Azizu.
Qariyb 50 kişi halok bölgan joydan qaytişda qutqaruvçilar yana bir buzilib qolgan yuk maşinasi ustidan çiqişgan. Unda ham Malidan 60 dan ortiq kişi Nigerga qaytayotgandi. Ular uç kun sahroda qolib ketişgan, ammo ularning barçasi hali tirik bölgan.
Gubernatorning navbatdagi bayonotida aytilişiça, qutqaruvçilar ularga suv berişgan va yuk maşinasini tuzatişgan.








