AQŞ prezidenti Barak Obama "Metyu" töfoni AQŞ sohillariga yaqinlaşayotgani tufayli Florida va Janubiy Karolina ştatlarida favqulodda vaziyat tartibi kiritilişini e'lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida ma'lum qilindi.

Obama içki xavfsizlik vazirligi va favqulodda vaziyatlarni boşqariş federal agentligiga ştatlarda töfon oqibatlarini yumşatiş hamda insonlar orasida qurbonlar bölmasligi uçun birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlaştirişni topşirdi.

Florida ştatining sohil yaqinida turuvçi aholisi xavfdan ogohlantirildi va vaqtinçalik xavfsiz joylarga köçib ötiş tavsiya qilindi.

Bu orada uşbu ştatlar aholisi töfon yaqinlaşişiga tayyorgarçilik körişmoqda, dökonlar peşoynalari metall listlar bilan yopilmoqda, konstruksiyalar qum solingan qoplar bilan mustahkamlanmoqda.