AQŞ Maxfiy xizmati agentlari va Palm-Biç okrugi şerifi idorasi xodimlari Mar-a-Lagoning qöriqlanadigan hududiga noqonuniy kirgan erkakni otib taşladi. Bu haqda Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulelmi ma’lum qildi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan tungi soat 01:30 atrofida röy bergan. 20 yoşlar atrofidagi uşbu şaxsni şimoliy darvoza yonida miltiqni eslatuvçi buyum va yonilği solingan idiş kötargan holda payqaşgan. Uning şaxsiga hozirça oydinlik kiritilmadi.

Mar-a-Lagoda Donald Trampning qarorgohi joylaşgan. AQŞ prezidenti köpinça dam oliş kunlari birinçi xonim bilan birga Floridaga kelib turgan bölsa-da, bu hafta Vaşingtonda qolgandi.

Maxfiy xizmat bu vaqtda voqea joyida öz himoyasi ostidagi şaxslardan heç biri bölmaganini ma’lum qilgan.

Palm-Biç okrugi şerifi Rik Bredşouning sözlariga köra, qöriqçilar mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da uşbu şaxsni Mar-a-Lagoning içki hududiga kirayotganida körişgan. Köp ötmay maxfiy xizmat xodimlari qölida qurol tutgan va bir kanistr benzin kötargan şaxsni topişgan.

Qöriqçilar unga qölidagilarni taşlaşni buyurgan. U esa kanistrni ulqotirib, qurolini öqtalgan. Şu pallada agentlar «xavfni bartaraf etiş» uçun öt oçişgan.

Bredşouning sözlariga köra, hodisada Maxfiy xizmat va şerif ofisi xodimlari iştirok etgan, agentlar orasida jabrlanganlar yöq.

Şerifning aytişiça, qurollangan şaxs «içki perimetr içkarisida» bölgan. Qöriqçilar unga qarata aytgan yagona gap quyidagiça bölgan: «Buyumlarni taşlang».

Hozirça uning motivlari nima bölgani, uning quroli öqlangan yoki yöqligi aniq emas, bu tekşiruvlar davomida ma’lum böladi.

Federal qidiruv byurosi matbuot kotibi Brett Skayls otişma röy bergan hudud Maxfiy xizmat tomonidan qöriqlanadigan hudud bölgani va FQB hodisani tergov qilayotganini xabar qilgan.

U yaqin atrofda yaşovçilardan taşqi kuzatuv kameralarida noodatiy narsalar bor-yöqligini tekşirişni va şubhali narsalar payqalganda, Vest-Palm-Biç şerifi idorasi bilan boğlanişni söragan.

AQŞdagi saylovoldi kampaniyasi davrida Trampning hayotiga ikki bor suiqasd uyuştirilgandi.

Birinçi holat 2024 yil iyulida, Pensilvaniyada saylovçilar bilan uçraşuv çoğida; ikkinçisi – sentabrda, Mar-a-Lagodagi golf maydonida kuzatilgandi.