AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp öz raqibi - Demokratlar partiyasi vakili Hillari Klintonni 2 foizga ortda qoldirmoqda. Rasmussen Reports kompaniyasi tomonidan ötkazilgan jamoatçilik fikrini bilişga qaratilgan sörovnoma şundan dalolat bermoqda.  Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilingan. 

Manbaga köra, sörovnoma iştirokçilarining 43 foizi Trampni,  41 foizi esa Klintonni qöllab-quvvatladi. 

Rasmussen Reports tadqiqotçilarining qayd etişlariça, minglab amerikaliklar örtasidagi ijtimoiy fikr sörovnomasi AQŞ prezidentligiga ikki partiya nomzodining televizion debatidan keyin ötkazilgan. 

Rasmussen Reports'ning avgust oyi örtasida ötkazgan xuddi şu mazmundagi sörovnomasi Trampning (39 foizga qarşi 41 foiz körsatkiç bilan) Klintondan ortda qolayotganini körsatgandi.

Vitse-prezidentlikka nomzodlar örtasidagi debatlar seşanba kuni Virjiniya ştatidagi Longvud universitetida ötkazildi. Vitse-prezidentlikka Indiana ştati gubernatori Mayk Pensning nomzodi respublikaçi Donald Tramp bilan birga, Virjiniya senatori Tim Keyn nomzodi esa demokratlar vakili Hillari Klinton bilan birga ilgari surilmoqda. 

Debatlardan keyin Tramp Pensning işonçli ğalaba qozonganini ma'lum qildi. CNN telekanali ham ana şunday ma'lumot bilan çiqdi, unga köra, 48 foiz respondent respublikaçiga, 42 foizi esa demokratga ovoz bergan. 

AQŞ prezidenti saylovlari joriy yilning 8 noyabr kuni bölib ötadi.