Marokaşdagi parlament saylovlarida "Adolat va taraqqiyot partiyasi" yetakçilik qilmoqda, deb ma'lum qildi mamlakat içki işlar vaziri Muhammad Hasad.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, partiya parlamentda 90 örin, "Çinlik va zamonaviylik partiyasi" 80 örin, "Istiqlol" konservativ partiyasi 21 örin oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.    

Saylovlar Marokaşda qirol Muhammad VI 2011 yilda mamlakatda bölib ötgan "arab bahori" voqealari sababli amalga oşirgan demokratik islohotlardan keyin ikkinçi marta ötkazilmoqda. 

2011 yildagi birinçi saylov natijalariga köra, "Adolat va taraqqiyot partiyasi" örtamiyona islomçilari ğalaba qilgandi. Bu gal ularga asosiy raqobatni qirol taraf hisoblangan "Çinlik va zamonaviylik partiyasi" taşkil qiladi. Ğolib partiya boş vazir nomzodini taklif qiliş va yangi hukumatni şakllantiriş huquqiga ega böladi.