Isroil Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga köra, 7,3 million saylovçining 31,5 foizi soat 12:00 gaça ovoz bergan – bu 1970-yillardan beri şu vaqtdagi eng yuqori körsatkiç. Uçastkalar mahalliy vaqt bilan 22:00 da (Toşkent vaqti bilan 01:00 da) yopilgaç, ekzit-poll natijalari eʼlon qilinadi, töliq natijalar esa 29-oktabrda kutilmoqda.
AP naşrining yozişiça, Isroil tarixida biror partiya 61 örinlik köpçilikni yolğiz qölga kiritmagan, şu bois asosiy kuraş bloklar örtasida keçmoqda.
Uç yirik telekanalning 23-oktabrdagi sönggi sörovlarida boş vazir Binyamin Netanyahu boşçiligidagi koalitsiya 50, muxolifat bloki esa 52–56 örin olgan. Arab partiyalarining 14–16 örni bu hisobga kirmaydi: ikki blokning aksariyat yetakçilari ular bilan ittifoqni rad etgan. Faqat Netanyahuga yaqin 14-kanal sörovi hukmron koalitsiyaga köpçilik bergan. Heç kim hukumat tuza olmasa, 2027-yil boşida yangi saylov böladi, ungaça Netanyahu vaqtinçalik boş vazir bölib qoladi.
Boş vazirlikka asosiy nomzodlar
Köpçilik bu saylovni Netanyahuga beriladigan baho deb bilmoqda. Jami 19 yil hukumatni boşqargan Netanyahu – Isroilning eng uzoq işlagan boş vaziri. U korrupsiya ayblovlari böyiça sudda javob bermoqda, biroq ayblovlarni rad etadi.
Netanyahu kampaniyasini xavfsizlik mavzusiga qurdi. U Eronga qarşi uruşni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan birga faqat özi boşqara olişini aytgan. Şuningdek, u agar raqiblari ğalaba qozonsa, Falastin davlati tuzilişidan ogohlantirmoqda. Tramp ham 18 va 25-oktabr kunlari Netanyahuni oçiq qöllab-quvvatlab, «Biz boşlagan işni oxiriga yetkazişimiz kerak!» deb yozdi.

Netanyahuning asosiy raqibi – armiya Boş ştabining sobiq boşliği, «Yaşar» partiyasi rahbari Gadi Ayzenkot. Uç yirik telekanal sörovlarida «Yaşar» 22–23 örin bilan «Likud»dan (19–21) oldinda.
Ayzenkot 7-oktabrdagi xatolarni tekşiriş uçun davlat tergov komissiyasi tuziş va ultra-ortodokslarni ham harbiy xizmatga çaqirişni vaʼda qilmoqda. Muxolifat blokiga sobiq boş vazir Naftali Bennetning «Birga» ittifoqi va yana ikki partiya ham kiradi. Biroq blok yagona nomzodni rasman eʼlon qilmagan.


















