27-oktabr kuni Isroildagi parlament saylovlarida mamlakatdagi 7,33 million saylovçidan 5,69 milliondan ortiği qatnaşdi. Umumiy faollik 77,7 foizni taşkil etdi. Markaziy saylov komissiyasining (MSK) dastlabki rasmiy hisobiga köra, uçastkalarning 98 foizidagi ovozlar sanalganda ikki arab partiyasi «Ra’am» va «Qöşma röyxat» birgalikda 783 mingdan ortiq ovoz, yaʼni haqiqiy ovozlarning 15,3 foizini olgan. Reuters va CNN hisob-kitoblariga köra, bu 120 örinli parlamentda 19 öringa teng. Isroil davlati tarixida arab partiyalari Knessetda heç qaçon bunçalik köp örin olmagandi.

Natija hali yakuniy emas: asosan harbiylar, diplomatlar, mahbuslar va kasalxonadagi bemorlar bergan «ikki konvertli» ovozlar sanalmoqda. Rasmiy natijalar 4-noyabrgaça eʼlon qilinişi kerak.

Nega bu natija tarixiy hisoblanadi?

Oldingi rekord 2020-yilda törtta arab partiyasi yagona Qöşma röyxat bölib qatnaşganda olingan 15 örin edi. Şuningdek, 2020-yilgi rekord saylovda Qöşma röyxat 581,5 ming ovoz olgandi. Bu safar ikki röyxat 780 mingdan ortiq ovoz töpladi. New York Times’ning yozişiça, ehtimol, bu Isroil davlati taşkil topganidan beri arab partiyalari olgan eng katta ovozdir.

Xalqaro naşrlar keltirgan dastlabki baholarga köra, arab fuqarolarining faolligi qariyb 80 foizga yetdi. Isroil demokratiya instituti (IDI) maʼlumotiga köra, bu körsatkiç 2021-yilda 44,6 foiz, 2022-yilda esa 53,2 foiz bölgandi. Bu taxminan yarim asrdagi eng yuqori daraja.

Netanyahu bloki 53, sobiq Boş ştab boşliği Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki 48 örin olmoqda; heç biri 61 örinlik köpçilikka ega emas. Bu esa qoğozda arab partiyalarini hukumat taqdirini hal qiluvçi kuçga aylantiradi. Şu bois arab partiyalarining natijasi saylovning eng katta kutilmagan voqeasi, deb atalmoqdi.

Isroildagi arab ozçiligi: ular kimlar?

Arab partiyalarining kuçini tuşuniş uçun avval ular tayanadigan jamiyatning öziga nazar taşlaş kerak. Isroil Markaziy statistika byurosi