Toşkentda “Ipak yölida turizm” XXII Toşkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakunlandi. “Özbekturizm” milliy kompaniyasi va “Buyuk ipak yöli” reklama agentligi tomonidan BMT Jahon sayyohlik taşkiloti kömagida taşkil etilgan mazkur anjumanda Özbekiston, Yaponiya, Çili, Fransiya, Rossiya, Litva, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Portugaliya, Tailand, Turkiya, Turkmaniston kabi davlatlardan yuzdan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalar vakillari iştirok etdi, deb yozmoqda ÖzA.
Xalqaro sayyohlik yarmarkasi qiziqarli taqdimotlar, foydali muloqotlarga boy böldi. Yarmarka iştirokçilari sohadagi yutuqlar, yangiliklar bilan tanişdi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar, mazkur sohada kadrlar tayyorlaş böyiça yaratilgan tizim, ekoturizmni rivojlantirişga oid dasturlar xususida ma'lumot berildi.
– Özbekistonda sayyohlik sanoati keng rivojlangan, – dedi Tailand sport va turizm vaziri Kobkarn Vattanavrangkul. – Toşkent, Samarqand va Buxoro kabi qadimiy şaharlaringiz, xalqingizning noyob madaniy va ma'naviy merosi yurtingizga sayyohlarni jalb etişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda. Uşbu bebaho madaniyat durdonalarini asraş va çuqur örganiş borasida amalga oşirilayotgan izçil va keng kölamli işlar tahsinga loyiq. Mazkur yarmarka nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda turizm sohasini yanada rivojlantiriş, bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşda muhim omil böladi.
Milliy va xalqaro sayyohlik taşkilotlari, mehmonxona va restoranlar, muzeylar, bank xizmatlari, suğurta kompaniyalari hamda sanatoriy va dam oliş maskanlari vakillari iştirok etgan yarmarkada mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, ekoturizm imkoniyatlari va noyob me'moriy obidalarimiz aks etgan eksponatlar, xalq hunarmandligi buyumlari tadbir qatnaşçilarida katta taassurot qoldirdi.
– Özbek hunarmandlari yasagan buyumlar jozibasi, turfa rangdagi jilosi bilan közni quvontiradi. Ularda qadim tarixingiz, xalqingizning yuksak intellektual va ijodiy salohiyati öz ifodasini topgan, – deydi “Intur Maldive” kompaniyasi direktori Ali Firoq (Maldiv orollari). – Yurtingizda uşbu bebaho ma'naviy merosni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazişga bölgan e'tibor jamiyat taraqqiyotini yuksaltirişga xizmat qilayotir. Biz ham turizmni rivojlantiriş böyiça samarali kelişuvlarga erişdik. Poytaxtingizdagi “Aznur treyvl” firmasi bilan hamkorlikka oid şartnoma imzoladik. Kelgusida Özbekiston va Maldiv orollari örtasida turistlar almaşuvini kengaytiriş maqsadida charter aviareyslarni yölga qöymoqçimiz.
Yarmarkaning “Özbekiston böylab sayohat” milliy pavilonida ham iş qizğin ruhda keçdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning sayyohlik salohiyati keng namoyiş etildi. Tadbir qatnaşçilari maxsus ekspozitsiyalarda özbek milliy taomlari va turli meva-sabzavotlardan tatib kördi, milliy hunarmandlik buyumlarini xarid qildi. Sopol buyumlar, ganç öymakorligi, qöğirçoqlar kabi mahsulotlarni tayyorlaş, kaştadözlik, zardözlik böyiça mahorat darslari ötkazildi. Özbek milliy liboslari namoyişi va savdosi uyuştirildi. Milliy musiqiy merosimiz, hududlarning folklor san'atiga oid taqdimotlar tadbir qatnaşçilari, ayniqsa, xorijlik mehmonlarga manzur böldi.
Yarmarka doirasida taşkil etilgan “Hosted Buyers” (Professional xaridorlar) dasturi istiqbolli şeriklar va xaridorlar örtasidagi uçraşuvlarni oldindan belgilaş, ularga muayyan imtiyozlar beriş orqali sohada işbilarmonlik muhitini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida “Ekologik turizm – atrof-muhitni muhofazalaş va barqaror rivojlaniş omili: Özbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot”, yurtimizda içki turizmni rivojlantiriş masalalari, aholiga bu yönalişda xizmat körsatişning bugungi holati va istiqbollariga oid xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar ham taşkil etildi.
Eng yaxşi sayyohlik yönalişi taqdimoti, kompaniya va mehmonxona taqdimoti, eng yaxşi stend, tematik bölim va turistik imkoniyatlar, eng yaxşi servis, eng yaxşi dizayn, köp yillik va sermahsul hamkorlik kabi qator yönalişlarda tanlovlar ğoliblari taqdirlandi.
Bahor XIDIROVA,
ÖzA muxbiri











