6 oktabr kuni Toşkent şahrida dzyudo böyiça Gran-Pri turniri boşlandi. «Özbekiston» sport majmuasidagi uşbu turnirning  birinçi kunida özbekistonlik sportçilarga 7ta medalga ega çiqdi. Bu haqda Özbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

7 vazn toifasida bölib ötayotgan kuraşlarning 60 kilogrammgaça bölgan polvonlar örtasidagi musobaqasida Muhriddin Tilovov oltin medalni qölga kiritdi.

Kumuş medal 52 kilogrammgaça bölgan sportçilar örtasida gilamga çiqqan Diyora Keldiyorovaga nasib qildi.

Yana 5 nafar özbekistonlik dzyudoçi bronza bilan kifoyalandi: Nodira Gulova (-48 kg), Muqaddas Kubayeva (-48 kg), Guloyim Jumaboyeva (-52 kg), Sanobar Sultonova (-57 kg) va Şarofiddin Lutfullayev (-60 kg).

Umumjamoa hisobida rossiyalik sportçilar 1-örinni egallab turibdi. Delegatsiya hisobida 2ta oltin va 1ta kumuş medali bor.