Gruziyalik dzyudoçi Akakiy Japaridze germaniyalik dzyudoçi Timo Kaveliusni döpposladi, deb xabar berdi Die Welt.
Xabarga köra, gruzin kuraşçisi jangda mağlubiyatga uçragan. Mağlubiyatga çidolmagan Japaridze raqibiga taşlanib, unga muşt tuşirgan va yiqilgan kuraşçini yana bir neça marta urgan.
2024-yilgi Parij Olimpiadasi iştirokçisi bölgan Kaveliusning jaği va ikkita tişi singan. U şifoxonaga yotqizilgan.
Uşbu işni politsiya körib çiqmoqda. Gruziyalik dzyudoçi bir umrga musobaqalardan çetlatilişi mumkin.
Maʼlumot berilişiça, Kavelius 2028-yilgi Olimpiada öyinlariga tayyorgarlik körayotgan bölgan.











