Jahon | 11:27 / 09.10.2016
11019
1 daqiqa o‘qiladi

Gaitiga "Mettyu" bo‘roni ortidan yana bir ofat keldi

Foto: sbs.com

Gaitiga "Mettyu" bo‘ronidan keyin yana bir ofat keldi: mamlakatda vabo bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, virusdan hozirgacha 13 kishi kasallangan.  

Gaiti hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda vaboga qarshi kurashish uchun malakali xodimlar yetishmayapti. 

"Hamshiralar bor, lekin shifokorlar yo‘q. Men vabo gigiyena yo‘qligi hamda yomg‘ir va toshqinlar tufayli sizot suvlari sifatida tarqashidan xavotirlanmoqdaman", deb aytgan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri. 

Gaitida avvalgi vabo epidemiyasi 2010 yilda, kuchli zilziladan keyin yuz bergandi. O‘shanda bir yil ichida bu ofatdan 7 ming kishi nobud bo‘lgan, yarim millionga yaqin kishi virusni yuqtirgandi.

Mavzuga oid