Serbiyaning «Radnik Surdulitsa» futbol klubi Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurovning transferini eʼlon qildi.

Bungaça 30 yoşli futbolçi «Baniyas» (BAA) klubida töp tepgan. Ötgan mavsum yakunlangaç, klub yarimhimoyaçi bilan şartnomani uzaytirmadi, şu munosabat bilan Şukurov erkin agentga aylandi.

fk.radnik.surdulica

«Radnik» klubi bilan tuzilgan şartnomaning muddati va moliyaviy şartlari eʼlon qilinmadi.

«Radnik» klubi 10 turdan keyin 14 oçko töplagan holda Serbiya çempionatida yettinçi örinni egallab turibdi.