Saudiya Arabistoni yaqin haftalarda Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylarga qarşi keng kölamli harbiy operatsiya boşlaşni rejalaştirmoqda. Asosiy vazifa - isyonçilarni strategik muhim Bob al-Mandib böğozidan surib çiqarişdir. Bu haqda 2-oktabr kuni Reuters agentligi Fors körfazi davlatlari rasmiylari va Ğarb diplomatlariga tayanib xabar berdi.
Operatsiya qanday körinişda böladi?
Manbalarga köra, hujumni Ar-Riyoz nazorati ostidagi Yaman kuçlari amalga oşiradi. Saudiya aviatsiyasi ularni havodan qöllab-quvvatlaydi. Tanlangan kölamga qarab, bunga 100 mingdan ortiq Yaman harbiylari jalb qilinişi mumkin. Saudiya Arabistoni ittifoqçilarining jangovar harakatlarda bevosita iştirok etişi kutilmayapti.
Ikkita asosiy variant körib çiqilmoqda:
- Bob al-Mandib böğozi hududida tor doiradagi zarba.
- Bir vaqtning özida bir neçta frontlarda - Al-Bayda, Marib, Taiz va Al-Jauf viloyatlarida olib boriladigan keng kölamli hujum.
Saudiya tomoni böğoz husiylar nazorati ostida ekan, ular bilan tinçlik muzokaralariga qaytiş niyatida emasligini bildirdi.
Bu nima uçun muhim?
Bob al-Mandib böğozi jahondagi asosiy dengiz yöllaridan biridir. Konteyner taşuvlarining katta qismi va dengiz orqali neft taşişning qariyb 9 foizi u orqali ötadi. Hörmuz böğozidagi vaziyat murakkablaşganidan söng Saudiya Arabistoni neft eksporti uçun Qizil dengiz yönalişidan faolroq foydalana boşladi. Husiylarning nazorati allaqaçon transport oqimining keskin kamayişiga, suğurta badallarining oşişiga va kemalarning Afrika böylab qayta yönaltirilişiga olib keldi.
Saudiya Arabistoni va husiylar örtasidagi mojaro 2014-2015 yillardan beri davom etmoqda. 2022-yilda boşlangan nisbiy xotirjamlik 2026-yil iyul oyida keskin buzildi. Husiylar Saudiya Arabistoni hududini öqqa tutişni qayta boşladi va Yamanning ğarbiy qirğoğida hujumga ötdi. Sentabr oyining örtalariga kelib, ular asosiy nuqtalarda, jumladan, Moxo tumani va Perim orolida örnaşib oldilar va Qizil dengizning janubiy kiriş qismi ustidan amalda nazorat örnatdilar.
Ehtimoliy oqibatlar












