Şavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Daniya Qirolligi taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.

Özbekiston – Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yili Daniyaga Özbekistonning qarorgohi Stokholm şahrida bölgan ilk elçisi tayinlandi. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakilini tayinladi.

Sönggi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi qariyb beş barobar oşdi. Daniyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida Özbekistonda toğ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, suv taʼminoti hamda boşqa sohalarda qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.

Özaro savdo hajmini yanada oşiriş, Daniya investitsiyalari, ilğor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boşqa istiqbolli yönalişlarga jalb etiş muhimligi taʼkidlandi.

Taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida hamkorlikni tizimli ravişda kengaytiriş uçun institutsional va şartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.