Amir Temur kuç-qudrat adolat, hamjihatlik va hamkorlikda mujassam ekanini anglab-anglatib yaşagan. Sohibqironning davlat muhrida bitilgan “Kuç – adolatda” hikmati haqiqatparvarlik va rostlik inson kuçiga kuç qöşişi, öz navbatida, kuçli şaxs hamişa haqgöy bölişini anglatadi. Islom Karimov işlab çiqqan taraqqiyotning «özbek modeli» – maşhur beş tamoyilning biri ham aynan qonun ustuvorligi edi. Birinçi Prezidentimiz butun faoliyati davomida erkin, adolatli va farovon hayot quriş, jamiyatimizda qonun ustuvorligini, tartib-intizomni, adolat va haqiqatni qaror toptiriş yölida kuraşdi.
Şu ma'noda yaqinda Özbekiston hukumati portalida oçilgan Boş vazirning virtual qabulxonasini (pm.gov.uz) özbek davlatçilik maktabiga mansub adolatparvarlik, haqiqatni ta'minlaş borasidagi an'analarning mantiqiy davomi böldi, deyiş mumkin. Bugun minglab yurtdoşlarimiz hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, şikoyat yoki takliflar bilan töğridan-töğri mamlakatimiz Boş vaziriga murojaat qilmoqda.
Bunda murojaatni uç usulda – 210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qönğiroq qilib (qönğiroq mamlakatimiz böyiça bepul bölib, undan faqat statsionar telefonga qönğiroq qiliş narxi böyiça haq olinadi), pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat şaklini töldirib yoki Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasining hududiy taşkilotlariga borib yuboriş mumkin. Sayt (pm.gov.uz) orqali onlayn murojaat yuboriş şakli hamma uçun tuşunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat maqomini (javob berilgan-berilmaganini) tekşiriş mumkin. Eng muhimi, onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Ma'lumotlarga köra, Boş vazirning virtual qabulxonasiga dastlabki kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, şikoyat va takliflar tuşgan bölsa, bugun murojaatlar soni 20 mingdan oşib ketdi. Quvonarlisi, hozirga qadar yuzlab muammolar tezda öz yeçimini topdi.
Şu yil mart oyida urgançlik Zulfiya Bekberganovaning 25 yoşli öğli Xurram Qurbonovning boş miyasida qon quyiliş holati aniqlangan. Şifokorlar uni xorijda davolatişni tavsiya qilgan. Muolaja uçun 8 ming dollar zarur edi. Z.Bekberganova ötgan vaqt mobaynida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qiliş böyiça Xorazm viloyatidagi qator banklarga murojaat qilgan. Biroq işi hal bölmagan. Zulfiya opa sönggi umid sifatida şu yil 26 sentabrda Boş vazirning virtual qabulxonasiga ariza jönatgan.
– Portalga murojaat qilganimdan keyin oylar davomida meni öylatgan muammo ikki kunda hal böldi, – deydi Z.Bekberganova. – Öğlimni xorijda davolatiş uçun xalqaro tölov kartasiga yetarliça xorij valyutasini olganimda, quvonçdan yiğlab yubordim. “Mana, bizday oddiy fuqarolarning ham dardini tinglaydigan, muammolarini hal qilib beradigan inson bor ekan-ku”, dedim. Bu portal Özbekistonda demokratiyaning mustahkam qaror topişida juda katta va muhim qadamdir.
Yana bir misol – Xorazm viloyati Xiva tumanida istiqomat qiluvçi Rohat Abdullayeva uyi buzilgaç, 2014 yili yangi kottejga köçib ötadi. Buzilgan uy şartnomada 139 million sömga baholanadi. Biroq bu mablağdan 38 million sömini hokimlik tölab bermaydi.
– Şu yil 26 sentabr kuni Boş vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qildim, 28 sentabrda buzilgan uyimdan qolgan 38 million sömni bankdagi omonat daftarçamga ötkazib berişdi, – deydi R.Abdullayeva. – Mahallamizdagi yangi kottejlarga köçib ötgan 47 qöşnimda ham şu muammo bor edi. Viloyat va tuman hokimligi vakillari ularga ham qarzdorlikni tölab bermoqda. Mahallamizda bayram bölib ketdi. Neça yillik muammolarimizni ikki kunda hal qilib bergani uçun Boş vazirimizdan minnatdormiz.
Ha, bugungi fuqarolar bundan ön beş-yigirma yil avvalgi odamlar emas. Mazkur virtual qabulxonaga murojaatlar xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga işonçi oşib borayotganidan dalolat. Bu jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalaniş madaniyati yuksalib borayotganining isbotidir.
Mahallamizda elektr energiyasini kuniga örtaça 12 soat öçirişar edi, bu muammoga yeçim izlab, bir neça marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari taşkilotiga murojaat qildik, biroq foydasi bölmadi, – deydi Xorazm viloyati Gurlan tumani Saxtiyon qişloğida yaşovçi Jörabek Bobojonov. – Şu yil 25 sentabrda Boş vazirning virtual qabulxonasiga elektron murojaat yubordik, 29 sentabrda mutasaddilar qişloğimizga kelib, vaziyatni örgandi va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş yölga qöyildi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov doim “Odamlar hamma narsaga çidaşi mumkin, lekin adolatsizlikka çiday olmaydi”, deb köp ta'kidlar edi. Mahallamizda şu muammoning tez kunda bartaraf bölgani misolida biz Boş vazirimiz Birinçi Prezidentimiz ğoyalariga naqadar sodiq ekaniga amin böldik.
Ellikqal'alik Ilhombek Yöldoşev Toşkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya va ortopediya yönalişi böyiça magistraturasida 2-kurs talabasi. U bu yil şartnomaga pul topa olmagan. Şu bois Ellikqal'a tumanidagi barça bank filiallariga ta'lim krediti ajratişni sörab, murojaat qilgan. Aytişiça, buning uçun zarur barça hujjatni töplab olib borsa-da, birorta bank xodimi ularni loaqal varaqlab ham körmagan.
– Bir kuni hatto soat 7 dan 19 gaça bankdan bankka qatnatib sarson qilişdi: biriga borsam, boşqasiga jönatadi, axiyri, sargardonlikdan hammasiga qöl siltab, Toşkentga qaytdim, – deydi I.Yöldoşev. – Endi öqişni davom ettirişga közim yetmasdi. Şunda Boş vazirning virtual qabulxonasi jonimga oro kirdi: murojaatim uç kunda hal böldi. Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi, Boş vazirimiz Şavkat Mirziyoyev 5 oktabrda Samarqand viloyati faollari bilan bölgan uçraşuvda virtual qabulxonaga kelayotgan har bir murojaat Boş vazirning nazoratida bölişini ta'kidladi. Çindan ham şunday: agar mening arizam Boş vazirimizga yetib bormaganda, bilmadim, yana qança vaqt sarson yurardim yoki öqişni taşlab ketarmidim...
Yaşirib nima qildik: quyi böğinlardagi eskiça fikrlaydigan ayrim rahbaru xodimlarga arz qilib ikki-uç marta qatnagan odamga “yozuvçi”, “arizaboz” tarzida qaraydiganlar ham bor. Albatta, har qanday jamiyatda böldi-bölmadi işga darrov şikoyat yozadiganlar topiladi. Biroq sanoqli bunday kimsalar kasriga qolgan şaxslarning ham şikoyatlarini e'tiborsiz qoldiriş – jamiyatda muammolarning ildiz otib ketişiga sabab bölişi aniq-ku! Qolaversa, kuçli fuqarolik jamiyati barpo etişning şartlaridan biri – fuqarolar öz haq-huquqlarini mukammal bilişi, zarur holda, ularni talab qila oliş layoqatiga ega bölişi lozim.
Boş vazirning virtual qabulxonasi xalqimiz huquqiy madaniyatining yuksalib boriş jarayonida samarali vosita, oydin közgu bölmoqda.
Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor şaharçasida yaşovçi Muslimbek Xoliqberdiyev bu yil Guliston davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga tölov-kontrakt asosida öqişga kirdi. Biroq ota-onasi şartnoma pulini tölaş imkonini topa olmadi. Şu bois uning onasi Şoira Abduğafforova joriy yil 7 sentabrda “Agrobank”ning Xovos tumani filialiga ta'lim krediti sörab, murojaat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy öquv yurtlarida tölov-kontrakt asosida öqiş uçun ta'lim kreditlari beriş töğrisida”gi qaroriga köra, tijorat banklari qarz oluvçining hujjatlarini 10 iş kunida körib çiqib, yozma xulosa berişi şart. Biroq Ş.Abduğafforova yigirma kunda ham aniq javob ololmay, sarson-sargardon böladi. Vaziyat şu darajaga yetadiki, 30 sentabrgaça şartnoma puli tölanmasa, Muslimbek talabalikdan mahrum bölişi aniq edi.
– Şartnoma pulini tölaş muddatiga uç kun qolgan, nima qilişni bilmasdik, bank xodimlarini sudga beraylik, desak, sud bu işni körib çiqişiga bir oy kerak – juda boşimiz qotgandi, – deydi Ş.Abduğafforova. – 27 sentabr kuni Boş vazirning virtual qabulxonasi haqida eşitdimu, darhol murojaat qildim. Qarang, ertasi kuni “Agrobank” öğlimga ta'lim krediti ajratdi. Işim hal böldi, lekin bir savol meni qiynaydi: nega endi şunaqa kiçkina masala ham, albatta, Boş vazirimizga yetib borgandan keyin hal bölişi kerak? Quyi böğinlardagi rahbaru xodimlarga öz vazifasini qonun doirasida, vaqtida, sifatli bajarişga nima xalal beradi?!.
Darhaqiqat, agar fuqaroning muammosi quyi böğinda hal bölsa, u yuqori taşkilotlarga murojaat qilmaydi. Çunki bugungi zamon şiddatida har daqiqa – ğanimat, katta boylik. Şunday ekan, Boş vazirning virtual qabulxonasidan örnak olib, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlari fuqarolar murojaatlarini şaxsan öz nazoratiga olişi, ularning muammolarini hal qilişda samarali tizimni yölga qöyiş vaqti allaqaçon yetib kelgan. Axir kimdir umid bilan hokimning oldiga borsa-yu, qabuliga kira olmasa, haftalab-oylab hokimiyat eşigida sarğaysa, şundan söng qöli biror işga boradimi? Şunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy niş ura boşlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!.
Sirdaryo tumani Şirin köçasi 8-uyda yaşovçi Mirsaid Nizomov Boş vazirning virtual qabulxonasiga mazkur hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilişlar bölayotganini, uşbu masalani hal etişda yordam sörab murojaat qilgan. Sirdaryo viloyati hokimligidan ma'lum qilişlariça, murojaatni örganiş jarayonida mazkur hududdagi gaz quvurlari çindan ham ta'mirga muhtoj ekanligi aniqlangan. Tez kunlarda mazkur gaz quvurlari ta'mirlanib, tabiiy gaz ta'minoti töliq yölga qöyiladi. Savol tuğiladi: uşbu hudud mutasaddilari nega mazkur masalani öz vaqtida örganib, tezda çora körmadi? Yoki ular Boş vazirga murojaatdan sönggina bu yerda gaz quvurlari çindan ta'mirtalab ekanini bilib qolişdimi?.. Yoki Sirdaryo tumani Uçtepa köçasi 49-uyda yaşovçi Tatyana Karevaning hududda içimlik suvi muammosini hal etişni sörab qilgan murojaati örganilganda, bu yerda içimlik suvi ta'minotini töliq yölga qöyiş uçun 500 metrga quvur yotqiziş lozimligi aniqlandi. Ayni paytda bu boradagi loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 2017 yilgi Investitsiya dasturi asosida quriliş işlari amalga oşirilişi belgilandi.
Şu yil 26 sentabrda Xorazm viloyati Yangiariq tumani Çiqirçi qişloğidan Hurmat Matyoqubov virtual qabulxonaga murojaat qilib, mazkur hududda toza içimlik suvi yöqligi, quduqlar suvi şör bölgani uçun aholi 3 kilometr nariga borib, içiş uçun suv keltirayotganini aytadi. 2009 yili bu muammoni bartaraf etiş uçun iş boşlangan, biroq çala qolgandi.
– Murojaatimizdan ikki kun ötib, qişloğimizda quriliş işlari boşlanib ketdi, – deydi H.Matyoqubov. – Hozir 2009 yili yotqizilgan, ammo çirib ulgurgan quvurlarni ham qazib olib, yangilaşyapti. Butun qişloq ahli neça yillik muammo hal bölganidan özida yöq xursand.
...Bunday misollar köp. E'tiborlisi, hal bölgan har bir murojaat ortida önlab, hatto yuzlab odamlar hayotidagi bir özgariş, yangilaniş mujassam. Bu fuqarolarning davlat hokimiyatiga, jamiyatga, ertangi kunga işonçini mustahkamlaşda nihoyatda muhim omildir. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç” asarida jamiyatda adolat va haqiqatni qaror toptiriş vijdon pokligi va bedorligiga boğliq ekanini ta'kidlagan: “Vijdoni uyğoq odam yon-atrofida bölayotgan voqealarga, yordam va kömakka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalişiga befarq qaray olmaydi... Bunday holatlarni körganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yaşaydi, qanday qilib bölmasin, ularni bartaraf etişga intiladi...”.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining virtual qabulxonasi barçamizni Birinçi Prezidentimizning buyuk da'vati – uyğoq vijdon bilan yaşaşga-işlaşga undayotgani bilan ahamiyatlidir.












