Niderlandiya boş vaziri Dik Sxof mamlakat hukumati iste’foga çiqişini e’lon qildi. U yangi saylovlar ötkazilguniga qadar boş vazir lavozimi majburiyatlarini bajarib turadi.
«Vazirlar yiğilişida biz Ozodlik partiyasining çiqişi sabab koalitsiya parlamentda yetarliça qöllab-quvvatlovga ega emas degan xulosaga keldik», — deydi Sxof vazirlar kengaşi yiğilişidan keyin.
Hukumat rahbari zudlik bilan Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr yoniga borib, Ozodlik partiyasidan (PVV) saylangan vazirlarni iste’foga çiqarişni söraşini ma’lum qildi. Hukumatning qolgan a’zolari ham, şuningdek, iste’fo beradi.
3 iyun kuni ertalab PVV yetakçisi Gert Vilders öz partiyasi Niderlandiya hukumati hukmron koalitsiyasidan çiqişini e’lon qildi. Bunga koalitsiyadagi şeriklari bilan migratsiya masalalaridagi kelişmovçiliklar sabab böldi. Gert Vilders boşpana sörovçilar uçun çegaralarni yopiş, migrantlarning oilalari bilan topişişini töxtatiş va boşpana sörovçilarni Suriyaga qaytarişni talab qildi. Şu bilan birga, uning koalitsiyadagi şeriklari boşpana taqdim etiş dasturiga tuzatişlar kiritişni tavsiya qildi. PVV yetakçisi tuzatişlarni rad etdi va ketişini e’lon qildi.











