Özbekiston — Xitoy öyinidan oldin taşkillaştirilgan matbuot anjumanining ikkinçi qismida Xitoy terma jamoasi Gao Xongbo va jamoa sardori Feng Siaoting iştirok etdi.
— Avvalo Xitoy OAV vakilarini uzoq yöl bosib, bizni qöllab-quvvatlaşga kelganlari uçun taşakkur aytaman. 5-raqamli öyinçimiz ertaga öynay olmaydi. Bu bizga biroz muammo tuğdirişi mumkin. Bugungi kunda Özbekiston terma jamoasi guruhda yetakçilaridan biri bölib turibdi, — deydi Gao Xongbo.
— Öz uyimizdagi uçraşuvdan söng uzoq yöl bosib Toşkentga keldik. Özbekiston juda kuçli va tajribali terma jamoalar sirasiga kiradi. Ular safida yetakçi öyinçilar töp suradi, — deydi Feng Siaoting.
J: — Turnir jadvaliga qarasak, ortda qolgan 3 öyindan söng Xitoy terma jamoasining guruhdagi ahvoli öta yomon. Şu haqdagi fikringiz?
M: — Uç turdan söng, şunday xulosa qilsa böladiki, har bir jamoa, hatto bir oçko uçun ham kuraşmoqda. Biz ham bu yerga bekorga kelmaganimizni isbotlaşga harakat qilamiz.
J: — Ötgan uçraşuvda Xitoy mağlubiyatga uçradi. Mağlubiyat öyinçilaringiz ruhiyatiga qançalik ta'sir ötkazdi?
M: — Birinçi navbatida bu bosqiçga yetib kelganimizdan mamnunmiz. Töğri, ötgan öyindan söng şogirdlarimda biroz tuşkunlik alomati bor. Ular bilan gaplaşib oldik. Ular ertangi öyinga tayyor. Aytib ötişim kerakki, Xitoy terma jamoasi murabbiylar ştabida texnik murabbiy bor. U Özbekistonning Eronga qarşi öyinni kuzatdi. Va bizga kerakli ma'lumotlarni yetkazdi.











