Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kiyevdagi Kyiv Food Market oziq-ovqat bozorida soat 10dan boşlab davom etayotgan matbuot-marafoni davomiyligi böyiça jahon rekordini örnatdi.
Zelenskiyning jurnalistlar bilan suhbati vaqtida uning matbuot kotibi Yuliya Mendel rekordlar milliy röyxati vakili bilan paydo bölib, jahon rekordi örnatilganini e'lon qilgan.
“Bizda jahon rekordi!”, deb ma'lum qilgan Mendel.
“Hozirning öziga qadar matbuot anjuman 8 soatdan köproq davom etmoqda. Kimning rekordi yangilanganini aytmayman, biroq u 45 daqiqa ortda qoldi”, deb aytgan rekordlar röyxati vakili va Zelenskiyga rekord örnatilgani haqidagi diplomni topşirgan.
Şu bilan birga u Ukraina prezidentining jurnalistlar bilan suhbati soat 21-22largaça davom etişi mumkinligini aytgan.
Zelenskiy bilan matbuot anjumanda iştirok etişga 300 jurnalist akkreditatsiya olgan. Ukraina prezidenti bilan muloqot doirasida uning yoniga 7-10 kişidan iborat guruhlarni qöyiş va har bir guruhga 20-30 daqiqadan vaqt ajratiş rejalaştirilgan.
Dastlab marafon 6 soatga yaqin davom etişi taxmin qilingandi.













