XXR hukumati mamlakatning maşhur basketbolçisi Yao Minni “Marsga elçi” etib tayinladi. Bu haqda 10 oktabr kuni South China Morning Post xabar bermoqda.
36 yaşar sportçi bilan birga röyxatga yana 10 nafar maşhur şaxs kiritilgan. Bular: basketbol böyiça Xitoy terma jamoasi murabbiyi Lan Pin, mamlakatda maşhur bölgan TFBOYS boyz-bend a'zolari , yozuvçi Lyu Tsisin, bastakor Tan Dun, opera qöşiqçisi Uorren Mok, Day Yuytsyan va Vey Sun, şuningdek, guçjen öyinçisi Yuan Şalardir.
Elçilarning vazifalari orasida Xitoy 2020 yilda uçirişni rejalaştirayotgan “Buyuk yuriş-5” raketa taşuvçisini öz içiga olgan Mars tadqiqot dasturlarini ommalaştiriş ham bor. Yulduzlar, şuningdek, mamlakat yoşlarining fan va texnologiyalar sohasiga qiziqişlarini rağbatlantirişlari va jahon maydonida Xitoy qiyofasini yanada yaxşi körsatişlari kerak böladi.











