AQŞlik şifokorlar köpçilik insonlar, ayniqsa örta yoşlilarda yuqori qon bosimining uzoq istiqboldagi salbiy oqibatini e'lon qilişdi. Uşbu tadqiqot haqida Hypertension jurnalida çop etilgan maqolada söz yuritilgan. 

Olimlarning ta'kidlariça, yuqori qon bosimi — keksa yoşda yurak-qon aylaniş tizimi bilan boğliq aqliy xastaliklar rivojlanişining asosiy omili hisoblanadi. U şuningdek, insult va Altsgeymer kasalliklariga sabab böladi. 

Yuqori qon bosimi boş miya tomirlariga keluvçi qon oqimini buzadi, bu esa inson asab tizimining işlaşiga salbiy ta'sir körsatadi. 

Olimlar keksa kişilarda aqli zaiflik rivojlanişi sabablariga oid tadqiqotlari natijasida şunday xulosaga kelişgan. 

Hozirgi vaqtda, dunyoda 40 millionga yaqin inson orttirilgan aqli zaiflikdan aziyat çekadi. Ularning 80 foiziga boş miya qon aylaniş tizimi yoki Altsgeymer kasalligi taşxisi qöyilgan. 2050 yilga kelib, olimlarning taxmin qilişlariça, aholining umumiy qarişi, örtaça umr körişning uzayişi va davolaşning imkoni bölmasligi sababli, bunday bemorlar soni 3 baravar ortişi mumkin.