Olimlar yurak saratonining kam uçraşi sababini uning uzluksiz harakati (qisqarişi) bilan boğlamoqda, deb yozdi DW.
Italiyaning Triyest şahridagi Xalqaro genetik muhandislik markazi (ICGEB) tadqiqotçisi Serena Zakkinya boşçiligidagi guruh yurakning doimiy harakati saraton hujayralari rivojlanişiga tösqinlik qilişini taxmin etdi.
Tadqiqot davomida olimlar bir neçta siçqonlarga ikkinçi yurakni köçirib ötkazdi. Bu yurak qon bilan ta’minlangan bölsa-da, töliq ura olmadi va nasos vazifasini bajarmadi. Keyin ösma hujayralari hayvonlar tanasiga kiritildi.
Natijada, ura olmaydigan yurak ösma hujayralari tomonidan töliq şikastlandi, normal işlaydigan yurak esa saraton kasalligiga çalinmadi.
Olimlar qöşimça tadqiqotlar ötkazdi va saraton hujayralariga eng köp ta’sir qiluvçi omilni aniqladilar. Ular yurak töqimasini östirdi va hujayralarning bosim va çözilişga reaksiyasini kuzatdi. Ma’lum bölişiça, ösmalarning rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi asosiy omil bosimdir.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bu kaşfiyot kelajakda saraton kasalligini davolaşning yangi usullarini işlab çiqişga yöl oçişi mumkin. Biroq, bu natijalarni amalda qöllaş imkoniyati hali töliq aniqlanmagan.












