19 oktabrda Berlinda keçki ovqat atrofida "Normand törtligi" uçraşadigan böldi. Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro işlar böyiça yordamçisi Yuriy Uşakov ma'lum qildi. Bu haqda bir qator Rossiya OAV xabar bermoqda.
"Reja böyiça yetakçilar tor doirada, minimal sondagi hamrohlar bilan Berlinda 19 oktabrda uçraşadilar", deb aytdi Uşakov.
Uşakov tadbir Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning iştirokini közda tutişini alohida ta'kidlab ötdi. Bu Rossiya va Ukraina prezidentlarining Qrimdagi qöporuvçilik harakatlaridan keyingi birinçi uçraşuvi böladi.
Eslatib ötamiz, avgust oyida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda bir qator hujumlarni bartaraf etişga muvaffaq bölgandi. U yerda terakt tayyorlamoqçi bölgan bir neça kişi qölga olingan. Ular tan oluvçi körsatmalar berişgan. Taxminlarça, qöporuvçilar yarimoroldagi sayyohlik sohasiga putur yetkazmoqçi, saylovlar oldidan sarosima kötarmoqçi va vaziyatni beqarorlaştirmoqçi bölganlar. Qölga olingan ukrainalik Yevgeniy Panov qöporuvçilik Ukraina mudofaa vazirligining boş razvedka boşqarmasida rejalaştirilganini tasdiqlagan.












