AQŞ internet tarmoqlarida yangi video tarqaldi, unda öqituvçi ayol öquvçi qizning soçidan uşlab, bir neça metr sudraganini köriş mumkin. Jabrlanuvçi -  rivojlanişda tengdoşlaridan orqada qolgan qiz. Bu haqida insideedition.com naşri xabar bergan. 

Missisipi ştatidagi maktabda öquvçilar nogiron qizga nisbatan şafqatsizlarça munosabatda bölgan öqituvçini tasvirga tuşirişdi. Videoda jismoniy tarbiya darsida öqituvçi öquvçi qizni polga ötkaziş uçun bir neça marotaba soçidan tortganini köriş mumkin. Qiz örnidan turmoqçi bölganida ayol uni yana soçidan tortib, bir neça metrga sudraydi. 

Mazkur videoni Kişa Uilyams (voqea sodir bölgan maktab öquvçilaridan birining onasi) ismli foydalanuvçi özining feysbukida namoyiş etgan. Uilyamsning sözlariga köra, öqituvçi şafqatsizlarça munosabatda bölayotgan qiz nutq buzilişidan aziyat çekadi. 

"Bu videoni körib yiğlab yubordim. Qizning boşqalardan ajralib turişining öziyoq meni quyuşqondan çiqarib yubordi", - dedi Kişa Uilyams. 

Uilyams qizidan nima uçun öqituvçisi bunday qilganligini söraganida, "u doim şunday qiladi, yomon ayol" degan javobni olgan.

Öqituvçiga nisbatan qanday çoralar körilişi - hozirça noma'lum, biroq maktab ma'muriyatining ma'lum qilişiça, politsiya mazkur iş yuzasidan tergovga kirişgan.