Buyuk Britaniyaning Bredford şahrida boşlanğiç katolik maktabida ta'lim oluvçi öquvçiga öqituvçisi xayfsan e'lon qilgan. Bundan bolaning şu qadar jahli çiqqanki, u öç olişni rejalaştirib, maktab binosiga öt qöygan. Yonğindan körilgan zarar taxminan 1 million funt sterlingni taşkil qildi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.
Bredford şahrida öqituvçisidan tanbeh olib, öz ğazabini jilovlay olmagan boşlanğiç sinf öquvçisi bir quti gugurt bilan maktab omboridagi qoğozlar uyumini yoqib yuborgan.
Öt öçiruvçilar ançagaça yonğinni bostira olişmagan. Buning natijasida bir neça sinf xonalari va maktab binosining boşqa qismlari yonib ketgan.
Mahalliy sud prokurori Hizer Gilmor öquv muassasasining 1 million funt sterlingdan ortiqroq zarar körganini ma'lum qildi.
Mazkur hodisa yuzasidan heç kim jabr körmadi, ammo yonğin sodir bölgan kuni öquvçilar darssiz qolişdi. Ba'zilari esa ruhiy jarohat olişgani ta'kidlandi. Sudyaning qarori bilan yonğin sodir etgan öquvçi Yoşlar markaziga 3 yillik reabilitatsiyaga yöllandi.
Şunisi qiziqki, sudda bolani "qobiliyatli" deb atab, uning "öziga qaratilgan tanqidni juda oğir qabul qilişi"ni ta'kidlaşgan. Prokuror yonğin sodir etilgan vaqtda bolaning stress holatida bölganini qayd etgan.
Uşbu voqea joriy yilning may oyida bölib ötgan, biroq bu iş yuzasidan endigina qaror çiqarildi. Bredfordda ta'lim oluvçi öquvçilarning ota-onalari yoş "jinoyatçi"ning reabilitatsiya kursidan keyin ularning farzandlari bilan bir maktabda öqişi mumkinligidan xavotirga tuşişmoqda. Biroq ekspertlar bolaning töliq soğayganiga işonç hosil qilinmasdan, biror bir maktabga qöyilmasligini ta'kidlaşgan.












