Özbekiston milliy terma jamoasining JÇ—2018 3-saralaş bosqiçida ğalabali odimini davom ettirsa, yana bir murabbiy işdan olinişi mumkin.
Ayni vaqtda Koreya matbuoti terma jamoaning işonçsiz öyinlaridan darğazab holatda.
Janubiy Koreya saralaşning oxirgi bosqiçi, 4-turida Eronga yutqazgaç, guruhda uçinçi öringa tuşib qoldi.
E-Daily naşri şunday sözlar bilan tanqidlar yomğirini boşlab bergan: “Bizning Rossiyaga borişimiz jahlni çiqarar darajaga yetdi. Hali JÇ saralaşining yarmiga ham yetmasdan boş oğritib hisob-kitob qiladigan holatdamiz”.
Agar 15 noyabr kuni Seulda özbeklarga yengilsak – oradagi oçkolar farqi 5taga yetadi va biz JÇ bilan deyarli xayrlaşamiz. 2017 yilgi 5 öyinimizdan 3tasi safarda ötadi. Özbekistonga qarşi öyinda natija qoniqarli bölmasa, boş murabbiy Uli Ştilike iste'foga çiqariliş ehtimoli juda yuqori böladi. Futbol Assotsiyatsiyamiz ham vaziyatni önglaş uçun “qölda piçoq uşlab turibdi”. Bizni xotirjam qiladigani şuki, şu vaqtgaça Özbekistonga qarşi öyinlarda doimo zafar quçganmiz. Lekin 9 oçko jamğargan özbeklarni mensimaslik ham yaxşi emas. Terma jamoamiz 7 noyabr kuni yiğilib, 10 noyabr kuni Kanadaga qarşi örtoqlik öyini orqali Özbekistonga qarşi tayyorgarlik köradi. Xullas, koreys futbolining tovoniga çöğ qadalib turibdi”, deya naşr sözlarini keltirgan stadion.uz naşrining Janubiy Koreyadagi muxbiri Otabek Yöldoşev.
Herald naşri esa öz maqolasiga “Uli Ştilike, Özbekistonga yutqazsang tamom!”, deya sarlavha qöygan.
Sports Choson naşri alam bilan şunday yozmoqda: “Rossiyaga ketiş yölida bulutlar ostida qoldik. Boşqa ağanaşga haqqimiz yöq. Terma jamoaning öyini faqatgina Eronga qarşi emas – Xitoy, Qatar va Suriyaga qarşi öyinlarda ham çiqmaganligi aniq ravşan. Qisqasi, terma jamoa jar yoqasiga keldi. Şunday holatda raqib Özbekiston! 15 noyabr kuni 2-örin uçun qattiq jang bölişi aniq”.
Şuningdek, Daily Sports, Joy News kabi naşrlar ham koreyslarning germaniyalik murabbiyini ayamay tanqid qilmoqda. Deyarli barça naşrlar boş murabbiyning vaziyatni önglay olişiga işonqiramay qaramoqda.
Qolaversa, jamoa içida muhit köngildagidek emas. Gap şundaki, murabbiy Eronga qarşi mağlubiyatli öyindan keyin terma jamoa futbolçilarini kamsituvçi sözlar aytişdan tiyila olmagan. Xususan u şunday degan: “Afsus, safimizda Sebastyan Soriyadek hujumçi yöq-da”.

Terma jamoaning asosiy hujumçilaridan biri Kim Şin Uk murabbiy bilan alohida gaplaşib olingani, endi faqat oldindagi öyinda ğalaba qozonişni öylaş kerakligini ta'kidlagan.
“Albatta, boş murabbiyning bu gaplaridan hayron qolgan edik. Şundan söng u bilan alohida suhbatlaşib, vaziyatga oydinlik kiritib oldik. Ayniqsa, xorijda töp suradigan jamoadoşlarim murabbiyimizning gaplaridan qattiq ranjişdi. Ammo hozir hammasi joyida. Biz hammamiz bir jamoa bölib, Özbekistonni mağlub etiş ustida boş qotiryapmiz”, degan futbolçi.

Agar bu iste'fo röy bersa, Samvel Babayan boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi JÇ—2018 saralaşida uçinçi murabbiy iste'fosiga sabab bölgan hisoblanadi.
Bungaça Dohada Qatar milliy terma jamoasi mağlub etilganidan keyin Xose Daniel Karrenoga çiqiş eşiklari körsatib qöyilgandi. Toşkentda Xitoy darvozasiga ikkita gol urilganidan keyin esa Gao Xunbo stadionning özidayoq iste'fo berdi.












