Ötgan hafta özbek futbolidagi eng taniqli şaxslardan biri Samvel Babayan Toşkentning «Lokomotiv» jamoasida iş boşladi. U klub prezidenti Mansur Rajabovga maslahatçi etib tayinlandi. Bir yil avval ÖFA tomonidan futboldan çetlaştirilgan mutaxassisning qaytişi qizğin muhokamalarga sabab böldi. Ma'lum bölişiça, uning diskvalifikatsiyasi 2018 yilning 15 yanvaridan 1 fevraliga qadar davom etgan.

Kun.uz mazkur tayinlov, şuningdek, Özbekistonning sönggi yillardagi birinçi raqamli futbol jamoasi faoliyatiga doir boşqa savollarga javob oliş uçun «Lokomotiv» boş direktori örinbosari Tölabek Akramov bilan suhbat uyuştirdi.

 Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

– «Lokomotiv» keskin tanqidlar ostidagi Samvel Babayan bilan hamkorlik boşlaşga qaror qilganini qanday izohlaysiz?

– Savolingiz juda örinli. Buni hozir trendga çiqqan mavzu, desak ham böladi. Biz muxlislarni ham töğri tuşunib turibmiz. Biz Babayanni Özbekiston terma jamoasi murabbiyi bölgani yoki avval işlagan joylari sabab çaqirganimiz yöq. Biz uni mutaxassis sifatida çaqirdik. Bundan maqsad – hozir klubimiz qoşidagi maktabda 500ga yaqin yoş bolalar futbol bilan şuğullanişyapti. Futbolga aloqador bölgan insonlarning xabari bor, oxirgi yillarda «Paxtakor» akademiyasida qilinayotgan işlarda aynan Samvel Babayanning hissasi juda katta. Şu maqsadda asosan şu bolalar maktabidagi infratuzilmani yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Babayan xizmatidan foydalanişga qaror qildik.

Klubga taklif qilganimizdan keyin internetda şov-şuv kötarilib ketdi. Men muxlislarni ham tuşunib turibman, lekin Babayanning ötmişiga klub javob bermaydi. Yana bir marta qaytaraman, biz Samvel Babayanni murabbiy qilib olib kelganimiz yöq. Sababi u katta jamoaga aralaşmaydi. Öziga işlarni belgilab berdik. Asosan, maktabimiz infratuzilmasini katta çöqqilarga, keyingi bosqiçga olib çiqiş bilan şuğullanadi. Maqsad şu.