Şimoliy Osetiya markazi Beslan şahrida röy bergan mudhiş yöl transport hodisasi oqibatida qurbon bölganlar Armaniston fuqarolaridir. Bu haqda TASS agentligi Soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Ayni vaqtda şifoxonada 5 nafar ösmir va 4 nafar bola qolmoqda. Şuningdek, 27 kişi Beslandagi vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirilgan.
Jabrlanuvçilar tez tibbiy yordam körsatilganidan keyin Armanistonga yuboriladi. Şimoliy Osetiya FVV bölimi boşliği Aleksandr Xorujyegoning ma'lum qilişiça, barça istovçilarga Yerevanga yetib oliş uçun transport vositalari beriladi.
Öz navbatida Armaniston prezidenti Serj Sargsyan hukumatga va Rossiyadagi elçixonaga jabrlangan armanistonliklarga yordam körsatiş böyiça topşiriq bergan.
Prezident qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga soğliq tilagan.
14 oktabr kuni tongida Moskva-Yerevan yönalişidagi Mercedes avtobusi Şimoliy Odessada Scania avtopoyezdi bilan töqnaşgan. Avtobusda jami 52 kişi edi, 5 kişi halok bölgan, 25 kişi jarohatlangan. Şifoxonaga 20 kişi yotqizilgan.
Avariya avtobus haydovçisi aybi bilan sodir bölgani aytilgan. U rulda uxlab qolgan.
Şimoliy Osetiya-Alaniya respublikasi böyiça FVV bölimi YTH böyiça ma'lumotlar uçun liniya oçilgan.












