Sent-Ostell şahridagi (Britaniyaning Kornuoll grafligi) dökonlardan biriga taşrif buyurgan erkak xaridor tasodif tufayli bir neça soniya içida törtta plazma telivezorini sindirdi. Voqea videokuzatuv kameralarida qayd etilgan, deb yozmoqda The Press and Journal.

Videoda ravşan bölişiça, erkak ikki qator qilib qöyilgan televizorlarni köriş uçun tizzalab oladi. Şunda u muvozanatini yöqotadi va televizorlarga teginib ketadi: ikkita televizor qulaydi. Xaridor özini önglab olmoqçi böladi va ortidagi yana ikkita televizorni qulatib yuboradi.
Erkak extiyotsizligi oqibatida 5 ming funtga tuşgani ma'lum qilingan.