LG Electronics Uzbekistan kompaniyasi LG televizorlari va monitorlarida foydalanuvçi maxfiyligi bilan boğliq şubhalar haqidagi sönggi xabarlarga rasmiy izoh berdi.
Bayonotda taʼkidlanişiça, sanoat yetakçisi sifatida LG mijozlarga Smart TV mahsulotlarining işlaş tamoyillari va mavjud maxfiylik sozlamalari haqida aniq va tuşunarli maʼlumotlarni taqdim etişni öz masʼuliyati deb biladi.
«Yaqinda matbuotda eʼlon qilingan baʼzi maqolalar LG Smart TV televizorlari qanday işlaşi haqida notöğri tasavvurlarning paydo bölişiga olib kelgan bölişi mumkin. Biz Smart TV mahsulotlarimiz qanday işlaşini va LG foydalanuvçi maʼlumotlarini himoya qiliş masalalariga qanday yondaşişini tuşuntirib bermoqçimiz», deyiladi bayonotda.
Qayd qilinişiça, LG Smart TV televizorlari foydalanuvçilarning suhbatlarini uzluksiz yozib olmaydi yoki uzatmaydi. Nutqni matnga aylantiriş faqat foydalanuvçi işlatadigan kalit ibora funksiyasi yordamida yoki masofaviy boşqaruv pultidagi ovozli boşqaruv (yoki AI) tugmasini bosiş orqali ovozli muloqotni faollaştirgandagina boşlanadi.
Kalit iborani aniqlaş uçun işlatiladigan audio maʼlumotlar televizorning özida (lokal tarzda) qayta işlanadi. Agar kalit ibora aniqlanmasa, tovuş matnga aylantirilmaydi, saqlanmaydi va heç qayerga uzatilmaydi.
Ovozli buyruqni qayta işlaş jarayonida nutqni aniqlaş natijalari va ular bilan boğliq texnik jurnallar yaratilişi mumkin. Bunday yozuvlar faqat muayyan ovozli sörovlarga tegişli bölib, faol ovozli seansdan taşqarida sodir bölayotgan suhbatlarning doimiy ravişda yozib olinişini anglatmaydi.
Nutqni aniqlaş natijalari ovozli funksiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun işlatilişi mumkin, ammo agar foydalaniş paytida televizor tarmoqdan uzilgan yoki aloqa keyinroq tiklangan bölsa, ular keyinroq yuklanmaydi.
Quyidagi funksiyalar qöşimça hisoblanadi va standart holatda yoqilmaydi:

















