Xitoyning TPV Technology Group kompaniyasi dunyodagi ilk ikki tomonlama ekranga ega televizorni taqdim etdi. Bu haqda TechRadar nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, GP TV televizorining har ikki tarafida 48 dyuymli ekran joylashgan. Displeylar 4K aniqlikka ega OLED matritsasi bilan jihozlangan. Model Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, GP TV bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchi, masalan, geymerlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
GP TV narxi va sotuvga chiqish muddati hozircha ma’lum qilinmadi.











