Internet tarmoğida uy hayvonlari iştirokidagi navbatdagi video şov-şuv bölmoqda. Feysbuk ijtimoiy tarmoğining Irina Sinitsina nomli foydalanuvçisi öz sahifasiga ajoyib videorolikni joylaştirdi. Unda, bir idişdan navbati bilan sut içayotgan ikki muşuk aks etgan. Mazkur rolikni bir neça kun içida 20 mlndan ortiq inson tomoşa qilgan.
Qayd etiş joizki, 3 daqiqalik lavhada muşuklar biron marta bölsin sutga talaşib qolmagan, balki qat'iy ravişda navbat qoidasiga rioya qilgan.












