Toşkent şahrida haydovçini haqorat qilgan YPX xodimi egallab turgan lavozimidan çetlatildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 8-noyabr kuni soat 20:20 larda poytaxtning Şahrisabz köçasida harakat töğriga yöl belgisiga amal qilmasdan çapga qayrilişni amalga oşirgan haydovçi YPX xodimi tomonidan töxtatilgan. Özaro muloqot vaqtida yuzaga kelgan tortişuvda ikkinçi safarbarlik guruhi YPX inspektori kiçik serjant Rahimov içki işlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid ravişda fuqaroni haqorat qilgan. U haydovçiga “Men köçaman”, deya nosamimiy munosabatda bölgan.

Hozirda holat yuzasidan Toşkent şahar YHXB tomonidan keçiktirib bölmas xizmat tekşiruvi tayinlangan. Kiçik serjant Rahimov egallab turgan lavozimidan çetlatilgan.

“Hurmatli hamkasblar, biz huquq-tartibot tizimi obrösiga salbiy taʼsir körsatuvçi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmasdan, har qanday vaziyatda fuqarolar manfaati uçun xizmat qiladigan öz kasbining professionali bölişimiz şart”, deya eslatgan Zoyir Yöldoşev.

“Köça”larga esa nafaqat tizimda, balki köçada ham örin yöqligi qöşimça qilingan.