AQŞ-Eron uruşi

9-noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp hozirça Eronga yangi harbiy zarbalar berişdan tiyilişini maʼlum qildi. Biroq Hörmuz böğozidagi dengiz qamali saqlanib qoladi. Bu haqda u Reuters’ga bergan intervyusida va Oq uydagi brifingda gapirdi.

Trampning aytişiça, u bu qarorni “Eronning qöşnilari iltimosiga köra” qabul qilgan. U Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Kuvaytni alohida tilga oldi.

«Amerika Qöşma Ştatlari hozirgaça yaratilgan eng yaxşi texnika bilan töliq öqlangan va şay turibdi. Biz uni işlatişga heç qanday sabab bölmaydi, deb öylaymiz», dedi Tramp jurnalistlarga.

Oq uy rahbari bu bayonotni Qatar boş vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soni bilan uçraşuvdan keyin berdi. Qatar uruş boşidan beri tomonlar örtasida asosiy vositaçi bölib kelmoqda. Boş vazir ötgan haftada Tehronga ham borgandi.

Eron xavfsizlik kengaşi rahbari Muhsin Rizoiy esa AQŞni «xayoliy muzokaralar» haqida soxta xabar tarqatişni töxtatişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, Vaşington Eron bir neça bor ilgari surgan yetti şartga böysunişi vaqti keldi.

Eronning uruşni tugatiş böyiça taklifiga köra, AQŞ Eron portlari qamalini va bombardimonlarni töxtatişi, ayrim sanksiyalarni bekor qilişi kerak. Evaziga Tehron Hörmuz böğozidagi qamalni olib taşlaydi. Yadroviy dastur böyiça muzokaralar keyinroq boşlanadi. Vaşington bu rejani bir neça bor rad etgan.

Sakkiz oydan beri davom etayotgan uruşda özaro hujumlar ham töxtamayapti. Eron davlat OAV xabariga köra, 8-noyabr kuni tunda AQŞ Qeşm oroliga zarba berdi. Eron esa Fors körfazi va Hörmuz böğozida tankerlarga hujum qilişda davom etmoqda.

Ğazoda kuçli jala

Ğazo sektorida kuçli yomğirlar köçirilgan aholi yaşayotgan ön minglab çodirlarni suv ostida qoldirdi. 8-noyabr kuni tunda Dayr al-Balah janubidagi lagerda qum uyumi çodirlar ustiga qulab tuşdi. Sektor soğliqni saqlaş idorasiga köra, uç bola va bir ayol halok böldi, yana beş kişi qutqarib olindi.

BBC xabariga köra, oğir texnika yöqligi sabab qutqaruvçilar qurbonlarni qöl bilan qazib olgan. Jalada 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan.

UNICEF'ning Falastindagi vakiliga köra, Isroil oğir texnika va motor moyi kabi yuklarni kiritişni çeklagani vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda. «Biz ötgan yili qiş nimalarga olib kelişini kördik. Ötgan yili gipotermiyadan ölim holatlari bölgandi», dedi u.