AQŞ harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga eng yangi raketa esminetsi Zumwalt kiritildi. Bu bilan boğliq tantanali marosim 15 oktabrda bölib ötdi. Marosimda AQŞ Tinç okeani qömondonligi rahbari admiral Garri Xarris ham iştirok etdi. U öz nutqida Zumwalt’ni Betmen kemasiga qiyosladi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda. 

"Agar Betmenda harbiy kema bölganda, u Zumwalt bölardi", deb aytdi Xarris.

"Bizning prezident va amerika xalqida xavfsizlikka çanqoqlik bor ekan, menda bu xavfsizlikni ta'minlaydigan narsalarga oçofatlarça iştaha böladi", deb qöşimça qildi Xarris.   

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari vaziri Rey Mabus yangi kemani AQŞning harbiy-dengiz kemalari orasidagi "ulkan sakraş" deb atadi. Uning aytişiça, bu kema yangi imkoniyat va tizimlarga ega böladigan yangi sinfdagi kemalarning birinçisi böladi.

Yangi kemaning oğirligi 15 ming tonnaga yaqinni taşkil qiladi. Uni quriş uçun 4,4 mlrd dollar sarflangan. Esminets Ikkinçi jahon va Vetnam uruşlari qahramoni, admiral Elmo Zumvalt nomi bilan atalgan.