Mösulga aviazarbalar berilişi boşlanişidan bir neça daqiqa oldin şahardan IŞID yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiy qutqarib olib çiqib ketildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
Iroqning ikkinçi yirik şahri, IŞIDning bu mamlakatdagi markazi bölmiş Mösul 2014 yildan buyon jangarilar nazoratida bölib, Iroq harbiylari va koalitsiya kuçlari bugundan bu şaharni egallaş uçun jang boşladi.
"IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy aviazarbalar berilişi arafasida qutqarildi. Aviazarbalar Mösuldagi qömondonlar yiğilgan nuqtaga qaratilgandi", deyilgan xabarda.
Şu bilan birga hujum qaysi tomondan amalga oşirilganiga aniqlik kiritilmagan.
Bundan oldinroq, RIA Novosti Moskvadagi manbaga asoslangan holda AQŞ va Saudiya Arabistoni maxfiy xizmatlari Mösulga hujum boşlanişidan oldinroq bu yerdagi jangarilarni Suriyaga olib ötiş böyiça kelişib olgani haqida xabar tarqatgandi. Bu xabarda bir neça ming jangari Suriya şarqiga, Palmira va Dayr-az-Zorda qamalda qolgan qöşinlarga taşlanişi nazarda tutilgani aytilgandi.













