«Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyaçisi Mesut Özil bilan yangi şartnoma borasida muzokaralar qanday keçayotgani haqida ma'lumot berdi.

2018 yilda amaldagi şartnomasi yakuniga yetib, erkin agentga aylanişi mumkin bölgan germaniyalik futbolçi yangi kelişuv orqali köproq maoş olişni istamoqda. Qolaversa, «Arsenal» sönggi marta 2014 yilda APLda ğolib çiqqan va futbolçi sovrinlar uçun jiddiy kuraşadigan jamoada öynaşni istaydi.

«Agar siz yaxşi bankir bölsangiz, menga qönğiroq qiling (kuladi). Öylaymanki, Mesutni köndiriş uçun alohida harakat qiliş şart emas. U biz bilan qolişni istaydi. «Arsenal» çempionlik uçun kuraş olib bormoqda. Lekin APLda «Mançester Siti», «Mançester Yunayted», «Liverpul», «Çelsi», «Tottenhem» kabi jamoalar ham bor va ularning barçasi çempionlik uçun kuraş olib bormoqda. Lekin heç kimga ğoliblik kafolatlanmagan. 

Muzokaralar olib borilmoqda, muzokaralar sokin keçgani ma'qul. Vaqti kelib bu haqida ma'lumot beramiz. Albatta biz özimizning eng yaxşi futbolçilarimizni saqlab qolişni istaymiz. Bu haqda gap sotgandan köra, Özil bilan muzokaralarda qat'iyroq harakat qilib, xarajatni ayamaslik kerak», — degan Venger.

Manba: Tribuna.uz