Bild nemis naşri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Yaqin Şarqda "töxtatiş" uçun Rossiyaga qarşi 5 ta qöşimça jazo çoralarini qöllaşni taklif qildi. Naşr Rossiyaga "xaytek-embargo" qöllaş, Rossiya gazidan voz keçiş, 2018 yilgi jahon çempionatiga boykot e'lon qiliş, Yevropa Ittifoqiga kiriş taqiqlangan rossiyaliklar röyxatini kengaytiriş va nihoyat, Suriyada parvozlardan xoli hududni yaratişni taklif qilmoqda.

Naşrning yozişiça, Putin Örta Yer dengiziga "Admiral Kuznetsov" aviataşuvçi kemasini jönatib, Suriyadagi ixtilofni siyosiy yöl bilan hal qilişdan manfaatdor emasligi haqida aniq tuşunça berdi. "Unga harbiy ğalaba kerak", deb yozmoqda naşr.

Naşr Putinni töxtatiş uçun Rossiyaga qarşi 5 ta jazo çorasi qöllaşni taklif qildi.

Naşr boşiga Rossiyaga nisbatan "xaytek-embargo" kiritişni taklif qilmoqda. Uning fikriça, "xorijiy nou-xausiz, misol uçun boşqarişning elektron tizimlarisiz Rossiya zaxiralar ham ololmaydi, qurollar ham yarata olmaydi". 

Bu ğoyani Yevroparlamentning taşqi işlar qömitasi rahbari Elmar Brok ham qöllab-quvvatlamoqda: "Agressor uruşning oqibatlari bölişini bilib qöyişi lozim. Şuning uçun bizga xaytek-texnologiyalarga embargo kerak", deb aytdi u.

Naşr 2-jazo tariqasida ""Şimoliy oqim" va keyinçalik "Şimoliy oqim-2" gaz quvuridan voz keçişni taklif qilmoqda. 

"Putin öz uruşini gazni sotişdan olinadigan daromadlardan moliyalaştiradi. Şuning uçun biz yangi gaz quvuri qurilişining oldini olişimiz kerak", deb yaşillar partiyasi mutaxassisi Omid Nuripurning sözlarini keltirib ötdi naşr.

Naşrning fikriça, keyingi jazo Yevropa Ittifoqiga kirişi taqiqlanadigan rossiyaliklar röyxatini kengaytiriş böladi. "Röyxatni oson kengaytiriş mumkin, misol uçun, “Rosneft” va “Gazprom” kabi yirik kompaniyalar rahbarlari hisobiga", deb ta'kidlamoqda naşr.

2018 yilda Rossiyada futbol böyiça jahon çempionati bölib ötadi. "Bu pullar va obro‘ keltiradi. Musobaqaning boykot qilinişi Putinga ikki karra kuçliroq zarba böladi. Xuddi şu çora 2017 yilda ötadigan Konfederatsiyalar kubogiga ham taalluqli", deb davom ettirmoqda naşr.

Nemis naşri oxirgi jazo çorasi sifatida Suriyada parvozsiz hududni yaratişni taklif qilmoqda. "Bu bombardimonlarni töxtatişning eng oydin, biroq şu bilan birga xavfli yölidir. AQŞ parvozlarga taqiqlovni örnatiş uçun Rossiya aviatsiyasiga qarşi jangovar harakatlarga tayyor bölişi kerak", deb öz takliflarini intiholadi nemis naşri.