AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod  Xillari Klinton saylov ştabi AQŞ vitse-prezidenti lavozimiga Apple rahbari Tim Kuk va Microsoft asosçisi Bill Geyts nomzodlarini qaragan. Bu haqda WikiLeaks çop etgan ma'lumotga iqtibos keltirgan holda The Verge xabar bermoqda. 

Klinton saylov kampaniyasi boşliği Jon Podestaning maktublaridan birida AQŞ vitse-prezidenti lavozimini egallaşi mumkin bölgan nomzodlar röyxati keltirilgan.

Geytsdan taşqari bu röyxatga uning rafiqasi Melinda ham kiritilgan bölgan. Bundan taşqari, bu lavozimga General Motors rahbari Meri Barra, Xerox rahbari Ursula Berns, Starbucks rahbari Govard Şults hamda tadbirkor va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg nomzodlari ham qaralgan.

Röyxatdan 40 ga yaqin ism örin olgan. Bu röyxatga tuşgan odamlarga vitse-prezident lavozimini egallaş taklifi bildirilgani-yöqligi noma'lum.