DW xabariga köra, Geyts bu fikrlarni 25-sentabr kuni NBC News telekanali efirida aytgan. U sunʼiy intellekt işlab çiquvçilarining insoniyat yöq bölib ketişi xavfi haqidagi ogohlantirişlariga munosabat bildirgan.
Geytsning baholaşiça, sunʼiy intellekt juda köp inson qurbon böladigan falokatli voqealarga sabab bölişi mumkin. U, ayniqsa, eng yangi SI vositalaridan yovuz niyatli odamlar foydalanişini jiddiy tahdid sifatida körsatgan.
Şu bilan birga, Microsoft hammuassisi butun insoniyatni yöq qiliş ança qiyin bölişini qayd etgan.
Sunʼiy intellektni qonun bilan tartibga solişga çaqiriq
Geyts xavflarni hisobga olgan holda Vaşingtonda tegişli qonunlar qabul qilinişi zarurligini taʼkidlagan. Uning fikriça, ijro hokimiyati va qonun çiqaruvçilar texnologiya xavfsizligiga doir majburiy talablar hamda nazorat çoralari böyiça kelişib olişi kerak.
«Özini özi tartibga soliş yetarli bölişiga heç kim işonmaydi», - degan u.
DW maqolasida qayd etilişiça, avvalroq sunʼiy intellekt sohasidagi yetakçi kompaniyalar, jumladan, Anthropic va ChatGPT işlab çiquvçisi OpenAI SIni rivojlantiriş surʼatlarini sekinlaştiriş tarafdori bölgan.
SI-agentlar bilan boğliq hodisalar
Geytsning ogohlantirişlari SI-agentlarning mustaqil ravişda kompyuter tizimlariga kirişi bilan boğliq xabarlar fonida yangramoqda.
Naşrga köra, 23-sentabr kuni Avstraliya boş vaziri Entoni Albaneze OpenAIʼning SI-agenti mamlakat hukumatiga tegişli kamida bitta saytni buzib kirib, yopiq maʼlumotlarga kiriş imkoniga ega bölganini bildirgan.
Iyul oyi oxirida esa Anthropic kompaniyasi modellarini ommaga taqdim etişdan oldin ötkazilgan kiberxavfsizlik sinovlari vaqtida ular boşqa uçta kompaniyaning himoya tizimlariga kirganini tan olgan.
DW OpenAI bilan boğliq yana bir hodisani ham keltirgan. Xabarga köra, sinov vaqtida GPT-5.6 Sol va hali çiqarilmagan boşqa bir model asosidagi agentlar avval nomaʼlum bölgan zaiflikni aniqlab, ajratilgan sinov muhiti çegarasidan çiqqan. Ular Hugging Face kompaniyasining işlab turgan infratuzilmasining bir qismiga kiriş imkoniga ega bölgan.













