«EkzoMars» missiyasi parvoziga rahbarlik qiluvçi Andrea Akkomatstsoning bayonot berişiça, olimlar Schiaparelli zondining signalini va Mars yuzasida harakatlanayotgan uskunalar olayotgan tavsirlar va suratlarni kutişadi.
«Bu «Bigl» yoki «Fila» fazo kemalarini izlaş bilan barobar, çunki bizning qurilmamiz ham juda kiçkina», — degan olim Darmştadtda bölib ötgan matbuot anjumanida. Şu bilan u Mars va Çuryumov-Gerasimenko kometasiga zondlarni tuşirişdagi muvaffaqiyatsizliklarni yodga olgan.
Andrea Akkomatstsoning aniqlik kiritişiça, uskunadan olinayotgan signal, uning Mars yuzasiga qönişidan 50 soniya avval kelmay qolgan. ExoMars missiyasining Schiaparelli zondi kuni keça keçqurun Mars sayyorasiga qöngani xabar qilingan edi. Biroq, uning holati hozirça heç narsa ma'lum emas. Çunki, hind teleskopi sayyoraga qönayotgan uskunadan kuçli şovqinli signalni qabul qilgaç, aloqa uzilgan. Mavjud ma'lumotlarni qayta işlaş uning taqdiriga oydinlik kiritmagan.












