Swift kosmik teleskopi 4-noyabr kuni orbitadan nazoratsiz çiqib, Yer atmosferasiga kirdi. Hodisa apparat uçirilganidan 22 yil ötgaç sodir böldi. Atigi uç oy oldin esa xususiy kosmik apparat observatoriyani yuqoriroq orbitaga kötarib, uning xizmat muddatini uzaytirişi kerak edi.

Sunʼiy yöldoşlarni kuzatiş böyiça mutaxassis Jonatan Makdauell AQŞ Kosmik kuçlari maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, massasi 1 450 kilogramm bölgan observatoriya 4-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 17:39 da Sumatra orolining şimoliy qismi ustida Yer atmosferasiga kirgan. Katta ehtimol bilan, bu hodisa jiddiy oqibatlarga sabab bölmagan. NASA vakillari hajmi kiçik mikroavtobusdek bölgan apparatning katta qismi atmosferada yonib ketişini oldindan maʼlum qilgan edi. Yonib ketmay qolgan parçalarning Yer yuzida biror kişiga zarar yetkaziş ehtimoli atigi 2 100 dan bir deb baholangan.

Rasmiy nomi Swift Gamma-Ray Burst Explorer («Gamma-çaqnaşlarni örganuvçi Swift observatoriyasi») bölgan apparat 2004-yil noyabrda Yer atrofi orbitasiga uçirilgan. Dastlab uning missiyasi ikki yilga möljallangan bölib, gamma-çaqnaşlar - Koinotdagi eng kuçli portlaş hodisalarini örganişni közda tutgan. Swift nomi qisqartma emas: u apparatning kuzatuv yönalişini tez özgartira oliş qobiliyatini ifodalaydi.

Biroq observatoriyaning ilmiy dasturi gamma-çaqnaşlarni kuzatiş bilangina çeklanmagan. Swift olis öta yangi yulduzlarning portlaşlari va atrofidagi moddani yutayotgan qora tuynuklardan tortib, Quyoş tizimidagi asteroidlar va kometalargaça bölgan turli kosmik jism hamda hodisalarni örgangan.

Apparat dastlab belgilangan xizmat muddati tugaganidan keyin ham uzoq yillar işlaşda davom etgan. Amalda u rejalaştirilganidan qariyb yigirma yil köproq xizmat qilgan. Swift sönggi ilmiy kuzatuvini 2026-yil 20-oktabrda amalga oşirgan. Faoliyati davomida observatoriyaning nomi ham özgargan: 2018-yilda unga bir yil avval vafot etgan ilmiy dasturning birinçi rahbari Nil Gerels (Neil Gehrels) şarafiga Neil Gehrels Swift Observatory nomi berilgan.

Uzoq ilmiy faoliyati davomida Swift salmoqli natijalarga erişgan: observatoriya 2 000 dan ortiq gamma-çaqnaş va 1 400 ta öta yangi yulduzni qayd etgan. Biroq apparatni qutqariş böyiça keng kölamli operatsiya muvaffaqiyatli amalga oşirilganida, töplangan maʼlumotlar hajmi yanada katta bölişi mumkin edi.

2025-yil sentabrda NASA AQŞning Katalyst Space kompaniyasi bilan 30 million dollarlik şartnoma tuzgan. Unda robotlaştirilgan kosmik apparatni işlab çiqiş, uçiriş va undan foydalaniş nazarda tutilgan edi. Bu apparat Swift'ga yaqinlaşib, uni yuqoriroq orbitaga kötarişi va şu orqali observatoriyaning faol işlaş muddatini uzaytirişi kerak edi.