Iroqning Mösul şahrini ozod etiş uçun olib borilayotgan muvaffaqiyatli hujumdan söng IŞIDni batamom yöq qiliş yölida Suriyadagi Raqqa şahriga ham hujumga ötiş taraddudini köriş kerak. Bu haqda Fransiya TIV vaziri Jan-Mark Eyro ma'lum qilgan. U bu haqda Iroq TIV rahbari Ibrohim al Ja'fariy bilan uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida gapirib ötgan.

Frantsuz diplomatiyasi rahbarining ma'lum qilişiça, Mösul uçun janglar ham harbiy, ham siyosiy va ğoyaviy jihatdan hal qiluvçi rol öynaydi. Bu “IŞIDning qoq yuragiga zarba beriş” va koalitsiyaning yuqorilaganiga işonç hosil qilişga turtki böladi.

"Bu jang Iroq kelajagi uçun eng muhim bosqiç böladi. Unda ğalaba qozoniş tinç va xavfsiz hayotda yaşaşni istagan aholida umid uyğotadi", — dedi Eyro.

Uning sözlariga köra, şunga muvofiq, uçraşuvda tinç aholi vakillarini himoya qiliş, gumanitar yordamlar yetkaziş, şuningdek, harbiy harakatlar tugagaç, vaziyatni barqaror uşlab turiş borasida gaplaşib olingan.