AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQŞ prezidenti saylovlari natijalarini bir şart bilangina tan olişga va'da berdi. U bu şartni Ogayodagi respublikaçilar tarafdorlari namoyişida aytib ötdi, deb xabar bermoqda CNN.

"Men barça saylovçilar va tarafdorlarimga, AQŞning barça aholisiga buyuk va tarixiy prezidentlik saylovlarining natijalarini bir şart bilangina tan olişimga va'da beraman... agar unda ğolib bölsam", deb aytdi Tramp. 

Avvalroq Xillari Klinton bilan yakuniy teledebatlarda Tramp agar saylovlarda yutqazadigan bölsa, uning natijalarini tan olmasligini aytgan.