Şimoliy Koreya BMT "Koreya yarimorolida mustahkam tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş vazifasiga zid keluvçi maqsadlarda foydalaniladigan amaliyotni bas qilişga çaqirdi". Bu haqda Şimoliy Koreya vakili hozirda ötayotgan BMT Boş assambleyasi 71-sessiyasi davomida ötgan huquqiy masalalar böyiça qömita yiğilişidagi nutqida aytib ötdi. Bu vakilning nutqi matni Koreya markaziy telegraf agentligi kanallari orqali tarqatilgan.
Şu munosabat bilan Şimoliy Koreya vakili AQŞdan "Janubiy Koreyada noqonuniy ravişda yaratilgan "BMT qömondonligi"ni zudlik bilan tarqatib yuborişni va uning hududidan BMT Boş assambleyasining 30-sessiyasidayoq qabul qilingan qarorga mos ravişda tajovuzkor harbiy kuçlarni olib çiqişni" talab qilgan.
Vakilning aytişiça, hozirda 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi vaqtida yaratilgan bu harbiy mexanizm "BMT qöşinlariga heç qanday aloqasi yöq va AQŞ tomonidan Şimoliy Koreyaga nisbatan duşmanlarça siyosatni amalga oşiriş uçun qöllanadi". Unda iştirok etgan barça BMTga a'zo davlatlar öz qöşinlarini Koreya yarimorolidan allaqaçon olib çiqib ketişgan va faqatgina AQŞ özining qöşinlarini qoldirgan". Şimoliy Koreya vakilining aytişiça, Vaşington "BMT qömondonligini" "NATOning Osiyo versiyasini yaratiş uçun köpmillatli kuçlar qömondonligiga" aylantirmoqçi.
Şimoliy Koreyada bu harbiy tuzilmaning saqlanib qolişi "eskilik sarqiti bölib, BMTning asosiy hujjatlari qoidalarini buzadi, Koreya yarimorolida tinçlik va xavfsizlikka erişişga tösqinlik qiladi", deb aytilmoqda.
Şimoliy Koreya BMT qömondonligini zudlik bilan tugatiş va "ba'zi davlatlarga öz siyosiy manfaatlarida BMTdan foydalanişga imkon beruvçi noqonuniy amaliyotga çek qöyiş kerak" deb hisoblamoqda.












