Kamerunda me'yoridan ortiq yuklangan poyezdning izdan çiqişi oqibatida 73 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Maksimal siğimdorligi 600 kişini taşkil qiluvçi poyezdda 1300 kişi bölgan. Poyezd poytaxt Yaunde va Duala şahri örtasidagi yölning kuçli yoğmirlardan keyin yuza kelgan köçki yuvib ketişi sababli ortiqça yuklanib ketgan.
Hukumat ma'lumotlariga köra, 30 yillik temir yöl va poyezd ortiqça yuklamani "eplay olmagan". Ta'kidlanişiça, qutqaruvçilar jabrlanganlar va jasadlarni qidirişni davom ettirişmoqda.
Avvalroq falokat qurbonlari soni 53 nafargaça ortgani ma'lum qilingandi.












