Ijtimoiy tarmoqlarda bekatda metro poyezdi töxtab qolgani haqida xabarlar tarqalganidan söng «Toşkent metropoliteni» AJ rasmiy izoh berdi.

Maʼlum qilinişiça, soat 08:22 da 1985-yilda işlab çiqarilgan 69-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan.

Yölovçilar tuşirilganidan keyin poyezd texnik körikdan ötkaziş uçun maxsus yölakka olib ketilgan. Xizmat körsatişda uzilişlarga yöl qöymaslik maqsadida zudlik bilan yönalişga zaxira poyezdi çiqarilgan.

Metropoliten holat yuzasidan tegişli texnik çoralar körilganini bildirib, yölovçilardan yuzaga kelgan noqulaylik uçun uzr söragan.