Malta aeroportida 24 oktabr kuni yengil motorli samolyot qulab tuşişi oqibatida 5 kişi halok böldi. Bu haqda Airlive portalida xabar qilingan.

Fairchild Swearingen Metroliner SA227-AT rusumli bu samolyot Liviya şimoli-ğarbidagi Misurota şahriga yöl olgandi. Samolyot havoga kötarilişi bilanoq şönğiy boşlagan va yerga tuşib portlab ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, havo kemasi bortida Yevroittifoq çegara xizmatining (Frontex) mansabdorlari bölgan. Lekin hozirça bu ma'lumot tasdiqlanmadi.

Ayni vaqtda Malta aeroporti faoliyati töxtatilgan. Rahbariyat bu holat uçun yölovçilardan uzr sörab, tuşuntiriş berdi.