Ötgan hafta yengil samolyotni Pekinning eng baland binosiga yönaltirgan uçuvçi «surunkali uyqusizlik va xavotirdan aziyat çekkan» va buni «şaxsiy sabablarga köra» amalga oşirgan, deb xabar berdi BBC naşri Xitoy rasmiylariga tayanib. Bu Pekinning 26 iyun kuni sodir bölgan voqeadan keyingi birinçi rasmiy munosabatidir.

Halokat oqibatida uçuvçining özi qurbon böldi, u rasman faqat Lyu familiyasi bilan tanilgan, yana 13 kişi jarohatlangan.

Çaoyan tumani ma’muriyati bayonotida aytilişiça, 66 yoşli Pekin fuqarosi Lyu nikohdan ajraşgan, frilanser bölib işlagan va yolğiz yaşagan. Tergovçilar uning kundaligida «özini öldiriş niyatidan dalolat beruvçi köplab yozuvlarni» topdi.

«Kompleks tekşiruv natijasida şaxsiy sabablarga köra jamoat xavfsizligiga tahdid soliş holati haqida söz borayotganligi aniqlandi», deyiladi rasmiylar bayonotida.

Rasmiylarga köra, jabrlanganlardan biri allaqaçon şifoxonadan çiqarilgan.

Samolyotning China Zun nomi bilan ham tanilgan 109 qavatli CITIC Tower osmonöpar binosi bilan töqnaşuvi videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, biroq keyinçalik Xitoy internet segmentidan öçirib taşlangan edi.

Köplab kuzatuvçilar sodir bölgan voqeani xavfsizlik sohasidagi jiddiy muvaffaqiyatsizlik deb baholadi. Osmonöpar bino Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyati işlaydigan Çjunanxay majmuasidan atigi bir neça kilometr uzoqlikda joylaşgan.

Çaoyan tumani ma’muriyati ma’lumotlariga köra, halokat kuni Lyu instruktor bilan va mustaqil ravişda bir neça parvozlarni amalga oşirgan.

«Mustaqil parvoz paytida u ruxsat etilgan hududdan çiqib ketgan, aeroport bilan aloqani uzgan, şundan söng baland binoga borib urilgan va voqea joyida halok bölgan», deyiladi rasmiy bayonotda.

Rasmiylarga köra, Lyu sport uçuvçisi litsenziyasini 2021 yilda, xususiy uçuvçi guvohnomasini esa 2024 yilda olgan.

Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga köra, u Xitoyning Sunward Aircraft kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan ikki örinli bir motorli Aurora SA60L samolyotini boşqargan.