Florida ştatidagi Mayami aeroportida Boeing 767-300 rusumli yuk samolyoti qöniş çoğida uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketdi. Samolyot avtomobil turargohiga kirib ketgan va yona boşlagan.

«Biz kamida beş kişi halok bölganini tasdiqlaymiz», – dedi Mayami-Deyd okrugi meri Daniell Levin Kava matbuot anjumanida. Uning sözlariga köra, beş kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan mahalliy şifoxonaga yotqizilgan. Şundan uç nafari oğir ahvolda qolmoqda.

Mayami politsiyasi vakili bir neça kişi öz avtomobillarida qamalib qolgani, ularni qutqaruvçilar olib çiqişiga töğri kelganini aytgan.

Reys 21 Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan – bu Amazon’ga tegişli yuk samolyotlari operatoridir. Samolyot Puerto-Rikodan uçib kelgandi.

CNN telekanaliga köra, uçuvçilar qönişdan oldin yerdagi xizmatlarni bortdagi qandaydir nosozlik haqida ogohlantirmagan.

Telekanal eʼtibor qaratişiça, uşbu aeroportda EMAS (Engineered Material Arresting System) yöq – bu uçiş-qöniş yölagining oxirida samolyotni nisbatan xavfsiz tormozlaş imkonini beruvçi maxsus qoplama.

Aviakompaniya dastlab Amazon Prime Air deb nomlangan, ammo keyinçalik nomini Amazon Air deb özgartirgan. U asosan yuklarni taşiş uçun boşqa operatorlarning flotidan foydalanadi.

Oçiq manbalarga köra, N1997A registratsiya nomeriga ega Boeing 767-33AER samolyoti 1994-yilda işlab çiqarilgan.

Avvaliga u Belgiyadagi Sobelair aviataşuvçisiga yetkazib berilgan, 2016-yilda esa yuk samolyoti sifatida qayta jihozlangan.

Layner Mayami aeroportining 30-polosasiga qönişi kerak bölgan, uning uzunligi – 2 853 metrni taşkil etadi. Aeroportda jami törtta uçiş-qöniş yölagi mavjud.

Flightradar24 servisiga köra, yölakdan taşqariga çiqib ketayotganida samolyot 112 uzel tezlikda (soatiga 207 km) harakatlangan.